Bizning Kompaniyamiz

"Parlak Ambalaj"ning boshqa raqobatchilaridan farqi
Ish samaradorligini oshirish maqsadida tinmay izlanayotgan kompaniya chet el bilan ham hamkorlik qiladi. Masalan, uning" NORDMECCANICA SPA" kompaniyasidan SuperCombi 5000 uskunasini olib kelishi — boshqa raqobatchilardan bir pog‘ona oldinga qadam bosishini ta'minlaydi. Bu uskuna orqali kompaniya barcha loyihalar, hamkorlardan qabul qilinadigan buyurtmalar ustida noldan ish boshlaydi. Ya'ni uning issiqlikka va sovuqlikka chidamliligini test qiladi. Dizayni ustida ishlaydi. Oxirgi jarayongacha to‘liq o‘zi bajaradi. Bu usul boshqa raqobatchi kompaniyalarda yo‘q.

Bizning asosiy maqsadimiz va qadriyatlarimiz
Asosiy maqsadimiz — barqaror sifat nazoratini ushlagan holda, O‘zbekiston bozorini sifatli mahsulotlar bilan ta'minlashda o‘zi hissamizni qo‘shishdir. Shu sababli zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan laboratoriyada mahsulotlar sifatini 3 bosqichda nazorat qilish tizimini o‘rnatganmiz. Qadriyatlarimiz — halollik, mas'uliyat, xalq va xodimlar ishonchini oqlashdir.

Kompaniyadagi ish atmosferasi
Biz ishlash tartibini shunday tashkillashtirganmizki, xodimlarimiz qulayligi hamisha muhim. ✔️ Laminatorlar; ✔️ Rotogravyurli bosma mashinalar; ✔️ Yuqori tezlikda kesuvchi keskichlar; ✔️ Qop ishlab chiqarish va yasash mashinalari kabi texnikalarni boshqarish hamda nazorat qilishda xodimlarimizning ancha mehnati singadi. Ushbu texnikalarni ishlatishda o‘z ishining ustalari va kuchli mutaxassislar jalb qilingan

Nega aynan bizni tanlashgan?
Shu paytgacha biz bilan hamkorlikni amalga oshirgan va oshirayotgan mijozlarimiz uchun qadoqlar sifati va ularni tekshiruvdan o‘tkazish jarayoni o‘ta muhimdir. Chunki xalqqa yetkaziladigan mahsulotlar xavfsiz va chiroyli dizaynda qadoqlanishi zarur. Bizning 3 bosqichli eng zamonaviy texnologiyalar asosidagi tekshiruvimiz ularga ishonch va to‘g‘ri tanlov hissini beradi.
- 2500+loyihalar uchun xizmat ko‘rsatilgan;
- 1600 tyillik ishlab chiqarish quvvati;
- 50+mahsulot turlari mavjud
















Parlak Ambalaj qayerda joylashgan?
2017-yildan buyon "упаковка" va qadoqlash mahsulotlari ishlab chiqaruvchi "Parlak Ambalaj" Toshkent shahri, Bektemir tumanida joylashgan. Sifatli va qulay narxlardagi qadoq materiallari ishlab chiqarish bo‘yicha O‘zbekiston hududida ilg‘or hisoblanadi.
Necha xil "упаковка" va qadoqlar ishlab chiqariladi?
"Parlak Ambalaj"da 50 dan ortiq qadoqlash mahsulotlari ishlab chiqariladi. Jumladan, qandolatchilik mahsulotlari uchun, sut mahsulotlari uchun, gazaklar uchun, uy uchun, kimyoviy tozalash vositalari uchun, ichimliklar uchun, oziq-ovqat mahsulotlari uchun, tayyor va yarimtayyor mahsulotlar uchun idishlar, qadoq hamda paketlar chiqariladi.
Qaysi brendlarga xizmat ko‘rsatganmiz?
Crafers, STROBAR, CHEERS, Lays, SLADUS, N'MEDOV, HOT LUNCH, Flecha, Sunlight, pepsi, Delmark, xruc team, IMKON plyus, Lipton, Zebiniso, Candy Gold, MAC CALDO, IFODA, SIRIBOM, Toretto, Kango, Сытый дом, SabEmes, AgroBravo kabi brendlarga xizmat ko‘rsatganmiz va yana ko‘rsatishda davom etamiz.
Trendda bo‘lgan dizaynlarni qanday tanlaymiz?
Biz har bir dizaynga alohida yondashamiz. Zamonaviy texnologiyalar asosida "упаковка" mahsulotlari dizaynini yaratamiz. Pepsi, Cheers, Hot Lunch va shu kabi mashhur brendlarga "package" ya'ni qadoqlarini tayyorlab berganmiz. Termoqadoq, qadoq, "упаковка", idishlar tayyorlab brendlarga yetkazamiz.